10:23 / 06.05.2020
2 438

Samarqandda 25 yoshli fuqaro oshxonadagi seyfni tunadi

Samarqandda 25 yoshli fuqaro oshxonadagi seyfni tunadi
2020 yil 02 may kuni fuqaro 60 yoshli B.A., Jomboy tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi. U o‘z arizasida 2020 yil 27 aprel kunidan 28 aprel kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jomboy tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan oshxonasida hech kim yo‘qligi hamda oshxonaning akfa derazasi ochiqligidan foydalanib ichkariga kirib, oshxonada turgan temir seyf eshigini buzgani bayon etilgan.

Shuningdek, xona ichidagi 2.830.000 so‘m va 1 AQSH dollari kupyurasidagi jami 65 AQSH dollari miqdoridagi naqd pullari hamda umumiy bahosi 24.170.000 so‘mlik har xil turdagi ayollar tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketgan. Aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish va talon-toroj qilingan narsalarini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Jomboy tumanida yashovchi 25 yoshli J.O‘., sodir etganligi aniqlanib, undan bir dona ayollar tilla zanjiri, 1.570.000 so‘m, bir dona 20 AQSH dollari, ikki dona 2 AQSH dollari, olti dona 1 AQSH dollari miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 25 yoshli fuqaro oshxonadagi seyfni tunadi