“Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-4716-son, 18.05.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:
- aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
• yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
• sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;
• urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha;
- qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi