14:46 / 01.06.2020
3 242

Koronavirusdan eng yaxshi himoya vositasi qaysiligi aytildi

Koronavirusdan eng yaxshi himoya vositasi qaysiligi aytildi
Foto: «Iz.ru»
Quruvchilar ishlatadigan filtrli respiratorlar koronavirusdan eng yaxshi himoyalovchi shaxsiy vosita hisoblanadi. Ular koronavirusning eng mayda zarrachalariga ushlab qoladi. Bu haqda Rossiyadagi Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi yetakchi ilmiy xodimi Viktor Larichev ma’lum qildi.

«Qurilish respiratorlari, eng mayda chang zarralarini ushlab qoluvchi filtrli maxsus materialdan yasalgani uchun, havoni ancha yaxshi tozalab beradi. Ularning teshikchalari tomchidan ancha kichik. Tibbiy niqoblar, afsuski, changni ushlab qola olmaydi, yuzga jips turuvchi respiratorlar esa ushlaydi», — dedi Larichev.

Shunga qaramasdan, «Govorit Moskva» radiostansiyasiga bergan intervyusida, Viktor Larichev koronavirusdan himoyalanishda tibbiy niqoblarning ahamiyati kattaligini ta’kidladi. Chunki kasal odam aksirganida, yo‘talganida yoki yaqin masofada turib gapirganida infeksiya o‘tib qolishi mumkin. Niqob esa havoda paydo bo‘lgan suyuqlik zarralarini ushlab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan eng yaxshi himoya vositasi qaysiligi aytildi