Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent, Buxoro va Namanganda jami 36 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3910 nafarga yetgani to‘g‘risida xabar berdi.
Bugun Toshkentda 22 nafar, Buxoroda 10 nafar va Namanganda 4 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2755 nafar bo‘lib, endilikda shundan 1897 nafari sog‘aydi. Ayni paytda poytaxtdagi davolash muassasalarida 847 nafar bemor davolanmoqda.
Buxoroda esa shu paytgacha 475 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun ushbu viloyatda shifo topganlarning soni 467 nafarga yetdi. Shu kunlarda buxorolik shifokorlar 8 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda.
Namanganda esa jami kasallik qayd etilganlar soni 273 nafar bo‘lib, endilikda shundan 258 nafari tuzaldi. Bemorlardan 4 nafari vafot etgan, ayni paytda bu hududda davolanayotganlar soni 11 nafarni tashkil etmoqda.
«Bugun hozirgi soatgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasidan 36 nafar bemor sog‘ayib, kasallikdan forig‘ bo‘lganlar 3910 nafarga yetdi. Infeksiyaga chalinganlar soni esa 4994 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Ayni vaqtda shifoxonalarda jami 1065 bemor davolanmoqda, shundan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi