Foto: “Dunyo”
O‘zbekistonda Italiya vakillari ishtirokida moda va dizayn sohasida mahorat darslari tashkil etiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiyaning CNA Hunarmandlar, kichik va o‘rta korxonalar milliy konfederatsiyasi boshqarma boshlig‘i, CNA Federmoda uyushmasi prezidenti Antonio Francheskini bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda Italiya tomoni bilan yengil sanoat, moda va dizayn sohalarida faoliyat yurituvchi ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ushbu yo‘nalishlarda Italiya tajribasini joriy qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Elchixona rahbari bugungi kunda O‘zbekistonda yengil sanoat, mebel, moda va dizayn sohalari rivojlanib borayotgani, so‘nggi yillarda chet elga paxta xom ashyosi eksporti to‘liq to‘xtatilganini ta’kidladi. Shuningdek, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar eksporti oshgani, to‘qimachilik, charm va poyabzal tovarlarini ishlab chiqarish kabi sohalarni yangi sifatli darajaga olib chiqish maqsadida xorijiy tajribaga katta qiziqish mavjudligi qayd etildi.
Antonio Francheskini, o‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni bilan kichik va o‘rta biznes sohasida hamkorlik o‘rnatish hamda uni rivojlantirishga qiziqish borligini aytib o‘tdi.
Mavjud istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini inobatga olgan holda konfederatsiya vakili tomonidan dastlabki qadam sifatida CNA'ga a’zo kompaniyalar mutaxassislarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish va uning doirasida soha mutaxassislari uchun mahorat darslarini uyushtirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Tomonlar, shuningdek, hamkorlikning keyingi bosqichi sifatida mamlakatda O‘zbekiston-Italiya moda va dizayn markazini tashkil etish yuzasidan ham fikr almashdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi