11:10 / 15.06.2020
2 353

Koronavirus inson tanasida harakatsiz, o‘zini bildirmay bir necha yil yashab qolishi mumkin

Koronavirus inson tanasida harakatsiz, o‘zini bildirmay bir necha yil yashab qolishi mumkin
Koronavirus inson tanasida harakatsiz, o‘zini namoyon qilmay bir necha yil yashab qolishi mumkin. Bu haqda mutaxassislar tomonidan xabar qilingan.

Buning hayron qolarli joyi yo‘q, deydi shifokorlar, chunki shunday tabiatli viruslar fanga ma’lum. Masalan, odam suvchechak bilan kasallanganidan keyin, uni keltirib chiqargan gerpes virusi hech qayerga yo‘qolib ketmaydi, u o‘nlab yillar davomida tanada jimgina yashirinishi mumkin va qulay vaqtda og‘riqli temiratki kasalligiga olib keladi.

Gepatit «B»ni keltirib chiqaradigan virus esa ko‘p yillar o‘tgach jigar saratonini keltirib chiqarishi ehtimoli bor.
Hatto sog‘ayib ketganidan so‘ng bir necha oy o‘tgan sobiq bemorlar ko‘zidagi suyuqlikda topilgan Ebola virusi keyinchalik yuqtirganlarning 40 foizida ko‘rlikka sabab bo‘ladi.

Shu sababli, SARS-CoV-2 ko‘proq o‘pkani zararlashini hisobga olib, shifokorlar virusning aynan nafas olish tizimida o‘nglab bo‘lmas o‘zgarishlarga olib kelishini taxmin qilishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus inson tanasida harakatsiz, o‘zini bildirmay bir necha yil yashab qolishi mumkin