15:04 / 17.06.2020
2 182

Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi

Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi
Foto:XTV
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufidagi maktablarga 2020/2021 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish imtihonlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Joriy yilda Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi. Bunga pandemiya vaziyatidan kelib chiqib, karantin davrida yosh avlod sog‘ligini asrash, pandemiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda voyaga yetmagan o‘quvchilarning katta sig‘imli binolarda saralash imtihonlari vaqtida uzoq vaqt qolib ketishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, shuningdek, Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining mamlakatga karantin davrida tashrifini belgilangan sanalarda tashkil etish imkoni yo‘qligi sababdir.

Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida ochiladigan Prezident maktablariga (beshinchi sinfdan o‘ninchi sinfgacha) hamda joriy yilda ochilishi rejalashtirilgan Surxondaryo viloyatidagi Ro‘zi Choriyev va Buxoro viloyatidagi Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktablariga (yettinchi sinfdan) o‘quvchilar qabuli kelgusi yilda o‘tkaziladi.

Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni beshinchi sinflarga qabul qilish imtihonlari 2021 yilga qoldirilib, 2021/2022 o‘quv yilida o‘quvchilar beshinchi va oltinchi sinflarga qabul qilinadi.

Hukumat qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ijod maktablariga qabul yettinchi sinfdan amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib, mavjud ijod maktablaridagi sinflar kontingenti to‘liqligini inobatga olgan holda, 2020/2021 o‘quv yilida yangi sinflar ochilishi nazarda tutilmagan.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, ya’ni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni qabul qilish masalasiga oid ma’lumot tegishli o‘rganishlardan so‘ng ma’lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi