15:25 / 18.06.2020
2 756

Vazirlar Mahkamasining ikki xodimida koronavirus tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining ikki xodimida koronavirus tasdiqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi kecha, 17 iyun kuni aholi orasida koronavirus yuqtirish holatlari yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
16 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 230 nafar bemorning 20 nafari aholi orasida aniqlangan bo‘lsa, kecha 17 iyun kuni esa 189 nafar bemordan 13 nafari aholi orasida tasdiqlandi.

17 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent shahrida 5 nafar, Buxoro viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida ham 3 nafar, Surxondaryo viloyatida esa 2 nafarni tashkil etdi.

Jumladan, Toshkent shahri ichki ishlar tizimi tergovchisida, Mirobod tumanida yashovchi fuqaroda (ikkalasida ham tana harorati ko‘tarilgan va tomoqda og‘riq kuzatilganligi sababli o‘zlari borib namuna topshirgan), «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJning 2 nafar mutaxassisida (ishga chiqish uchun namuna topshirgan) kasallik qayd etilgan.

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati Boysun tumani Xalq banki filiali xodimi va uning onasida, Sirdaryo viloyatidagi elektr stansiyasi ishchisi va uning o‘g‘lida (tana harorati ko‘tarilgan va Bekobod tumanidagi shifoxonaga yotqizilgan), Chirchiq tumanida yashovchi fuqaroda (tana harorati ko‘tarilgan va tez tibbiy yordam xizmati orqali yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan), Buxoro viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasining 3 nafar tibbiyot xodimida ham infeksiya aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar kasallik aniqlangan 15 nafar bemordan 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan. Jumladan, ular orasida Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazirlar Mahkamasining ikki xodimida koronavirus tasdiqlandi