13:25 / 19.06.2020
2 116

Navoiyda mahkumlarning jazosi yengillashtirildi

Navoiyda mahkumlarning jazosi yengillashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasida insonparvarlik prinsipi o‘z aksini topgan bo‘lib, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Sudlar birinchi navbatda xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qilish uchun qonunchiligimizda belgilab qo‘yilgan insonparvarlik pritsipiga tayanmoqda. 2020 yil 11 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi tomonidan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipi qo‘llandi.

Navbahor tuman ichki ishlar organlari Probatsiya guruhida hisobda turib, sud hukmi bilan tayinlangan jazolarni o‘tab turgan, o‘z qilmishini anglab yetgan, ijobiy tavsifnomaga ega hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lgan bir nafar mahkum, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi (jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish) talabi asosida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, shuningdek, ikki nafar mahkumga tayinlangan jazolarning o‘talmagan qismi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 74-moddasi (jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish) talabi asosida yengilrog‘iga almashtirildi.

Jumladan, Navbahorlik Z.U. va A.K.lar muqaddam giyohvandlik vositalarini o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganliklari uchun,
sudning 2019 yil 14 yanvardagi hukmi bilan ularning har biriga 4 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, ular ichki ishlar idoralarida hisobda turib, belgilangan ta’qiq va cheklovlarga rioya etgan holda jazoni o‘tab kelganlar.

Z.U. va A.K.lar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 74-moddasining “b” bandiga muvofiq, tayinlangan jazo muddatining uchdan bir qismini o‘taganligi, mahalladan taqdim qilingan ijobiy tavsifnoma hamda mehnatga halol munosabatda bo‘lganligi inobatga olinib, Z.U. va A.K.larga tayinlangan ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan muddati, axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilib, jazo yengillashtirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda mahkumlarning jazosi yengillashtirildi