10:47 / 23.06.2020
2 002

«Qoradori-2020» tadbirlari natijasida 343 mln so‘mga teng noqonuniy dori vositalari muomaladan olindi

«Qoradori-2020» tadbirlari natijasida 343 mln so‘mga teng noqonuniy dori vositalari muomaladan olindi
Foto: Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati
Toshkent viloyati IIBBning 2 mingdan ortiq xodimlari tun-u kun karantin tadbirlariga xizmat qilish bilan birga, viloyat hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jinoyatlarni issiq izida fosh etish hamda hududlarda ijtimoiy muhitni yaxshilash yuzasidan bir qator tadbirlarda faol xizmat qilmoqda.

Viloyat IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda sohaviy xizmat xodimlari tomonidan «Qoradori-2020» keng qamrovli tadbiri davomida, tarkibida narkotik moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish bilan bog‘liq 100 ta holat aniqlanib, 715 kvadrat metr yer maydonidagi ko‘knor va kannabis kabi giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi.

Bundan tashqari, 17 ta giyohvandlik vositalarini sotish va 51 ta giyohvand moddalarni saqlash bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etilib, 52 kg.dan ziyod narkotik moddalari noqonuniy muomaladan olingan.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Toshkent viloyati bo‘yicha giyohvandlik bilan bog‘liq jami 327 ta holatlar aniqlangan bo‘lsa, natijada 83 kg.dan ortiq narkotik moddalari noqonuniy muomaladan olingan. Tadbirlar davomida 300 nafardan ortiq shaxslar qo‘lga olingan va ularga jinoiy ish ochilgan.

Shu bilan birga, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan, inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 30 dan ziyod holatlar aniqlangan bo‘lib, uning ortidan 35 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ushlangan shaxslar orqali sof qiymati 343 million so‘mga teng bo‘lgan, jami 42 ming 880 dona noqonuniy dori vositalari muomaladan olingan.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Qoradori-2020» tadbirlari natijasida 343 mln so‘mga teng noqonuniy dori vositalari muomaladan olindi