15:30 / 27.06.2020
1 933

Toshkentda motosikl va yuk avtomobili ishtirokidagi YTHda motosiklchi halok bo‘ldi

Toshkentda motosikl va yuk avtomobili ishtirokidagi YTHda motosiklchi halok bo‘ldi
Joriy yilning 26 iyun kuni soat 05:10da Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida 35 yoshli B.S. boshqaruvidagi Yamaha YZFR6 rusumli motosikl va 46 yoshli X.U. boshqargan Shacman yuk avtomobili to‘qnashuvi yuz bergan.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Taxminiy sabab: yuk avtomobili haydovchisi to‘satdan yo‘nalishni o‘zgartirgan va burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan motosiklni payqamay qolgan.

To‘qnashuv natijasida motosikl haydovchisi tan jarohatlari olib, voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismiga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Hurmatli haydovchilar! Burilish yoki qayta burilishlardan oldin niyatingiz yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ekanligiga ishonch hosil qiling. Qayd etish joizki, Toshkent shahrida ro‘y berayotgan va haydovchilarning o‘limiga sabab bo‘layotgan ikki g‘ildirakli transportlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining aksariyati yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda burilgan transport vositalari sabab bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda motosikl va yuk avtomobili ishtirokidagi YTHda motosiklchi halok bo‘ldi