21:17 / 07.07.2020
1 962

Andijon viloyatida rahbarlar ko‘k va qizil nishonlar bilan «taqdirlanadigan» bo‘ldi

Andijon viloyatida rahbarlar ko‘k va qizil nishonlar bilan «taqdirlanadigan» bo‘ldi
Foto: auz.uz
Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning «oshkoralik va shaffoflik masalasidagi tashabbusi» doirasida shunday amaliyot joriy qilingan.
Qayd qilinishicha, rahbarlarning ishiga dushanba kunlari o‘tkaziladigan «Hokimlik soati»da baho beriladi.

«Oqsoqlikka yo‘l qo‘ygan» shahar, tuman yoki tashkilot kattasining ko‘ksiga shu yerning o‘zida «Mas’uliyatsiz rahbar» deb yozilgan qizil rangli nishon taqiladi. Topshiriqni «do‘ndirganlar»ga esa «Mas’uliyatli rahbar» deb yozilgan ko‘k rangli nishon beriladi. Nishon olgan rahbarlar yig‘ilishdan chiqib, jurnalistlar orqali xalq oldida hisobot beradilar.

6 iyul kuni o‘tkazilgan «Hokimlik soati»da yangi tashabbus amaliyotda ilk bor qo‘llangan. Ulug‘nor tumanining hokimi Doniyorbek Maxsudov va Oltinko‘l tumanining hokimi Nazirjon O‘rinboyev «Mas’uliyatsiz rahbar» nishonini olish bo‘yicha «peshqadam» bo‘lishgan. Tashkilotlar orasida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Zufarbek Yuldashev va viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi rahbari Dilmurod Nabiyev faoliyatiga ham shunday baho berilgan.

Foto: auz.uz
Andijon shahri hokimi Bahromjon Haydarovga uchta yo‘nalish bo‘yicha qo‘lga kiritgan yutuqlari uchun 3ta ko‘k nishon topshirilgan. Marhamat tumani hokimi Bobirjon Yuldashev va Xo‘jaobod tumani hokimi Otabek Rasulov esa ikki bora shunday e’tirofga sazovor bo‘lgan. Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i Elyor Usmonov ham «Mas’uliyatli rahbar» nishonidan 2ta olgan.

Ta’kidlanishicha, 3 hafta davomida ketma-ket qizil nishon olgan rahbarlar masalasi Andijon viloyati hokimligida alohida ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon viloyatida rahbarlar ko‘k va qizil nishonlar bilan «taqdirlanadigan» bo‘ldi