09:30 / 17.07.2020
3 270

Nurmat Otabekov «doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi» mazmunidagi gap-so‘zlarga izoh berdi

Nurmat Otabekov «doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi» mazmunidagi gap-so‘zlarga izoh berdi
AOKA huzuridagi shtabda 16 iyul, payshanba kuni koronavirus va karantin cheklovlariga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Tadbirda qatnashgan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusning oldini olish maqsadida tibbiyot xodimlari maslahatisiz turli retseptlarga amal qilib, har xil dorilarni ichayotgan fuqarolar xatti-harakatiga munosabat bildirdi.

«Bemor nafaqat koronavrus, balki har qanaqa turdagi kasallikni o‘zbilarmonlik qilib davolaydigan bo‘lsa, shubhasiz jiddiy asoratlar yuzaga keladi. Shifokor maslahati bilangina davolanish maqsadga muvofiq. Hech birimiz aniq bilmaymiz, bizda yondosh yoki surunkali kasalliklar bo‘lishi mumkin. Agar fuqaroda koronavirusning biror klinik belgisi bo‘lmasa, uning davolanishiga hech qanday ehtiyoj yo‘q.

Mabodo kasallikni biron bir belgisi paydo bo‘lsa, bemor darhol hududiy poliklinikaga murojaat qilishi lozim. U yerdagi mavjud operativ guruhlar fuqaro xonadoniga borib, tashxis qo‘yadi.

Qisqasi, tibbiyot xodimi tavsiyasisiz qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilish maslahati yoki tasdiqlanmagan tavsiyalar asosida davolanish yaxshilikka olib kelmaydi. Bunga har birimiz jiddiy qarashimiz kerak
», — dedi davlat bosh sanitariya inspektori.

Nurmat Otabekov brifing davomida ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus yuqmasligi uchun uy sharoitida dokadan tayyorlangan niqobni spirt bilan namlab taqib yurish tavsiya qilingan videolar bo‘yicha ham izoh berdi.

«Aksariyat antiseptik vositalar tarkibida spirt borligi haqida bilamiz va eshitganmiz. Spirt pari bilan nafas olish yuqori nafas yo‘llaridagi virusni o‘ldirishi to‘g‘risida aniq isbotlangan dalillar mavjud emas. Lekin spirt paridan keragidan ortiq nafas olish va uni bilib-bilmay, me’yordan ortiq ishlatish boshqa bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shunday ekan, bu holatda bizning fikrimiz faqat tasdiqlangan, tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Internetdagi har xil maslahatlar, o‘zingiz yaxshi tanimagan-bilmagan, mutaxassis bo‘lmagan odamlarning tavsiyalaridan doim yiroq bo‘lish kerak
», — dedi Otabekov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nurmat Otabekov «doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi» mazmunidagi gap-so‘zlarga izoh berdi