13:12 / 27.07.2020
1 602

Davlat ijrochisining to‘g‘ri tushuntirishi natijasida huquqbuzar sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajardi

Davlat ijrochisining to‘g‘ri tushuntirishi natijasida huquqbuzar sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajardi
Fuqaro S.Xusinov o‘ziga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasini Karmana tumani hududidan o‘tgan M-37 avtomobil yo‘lining 69-km bo‘yicha boshqarib kelayotgan vaqtida amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 24.12.2015 yildagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalarining” 53-bandini buzib, to‘xtashdan oldin bajarilayotgan monyovr havfsiz ekanligiga va boshqa haydovchilarga halaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak bo‘lsada, bularga amal qilmasdan, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.Xomidovning “Kobalt” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnatish ketgan va natijada MJtKning 133-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.

Ushbu holatda taraflar o‘zaro kelishmaganligi sababli, Karmana tuman ma’muriy sudi tomonidan 04.07.2020 yilda huquqbuzar S.Xusinovdan 10 mln. 563 ming so‘m ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zararni undirish haqida qaror qabul qilingan va qaror shu kunning o‘zida byuroning Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

O‘z navbatida ijro talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish uchun qarzdorga 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan to‘g‘ri tushuntirishlardan so‘ng, ya’ni yurtimizda karantinli vaziyat ekanligi, har bir oilada moddiy qiyinchiliklar bo‘layotganligi, qonuniy talab belgilangan muddatda bajarilmasa, majburiy ijro chorasi sifatida unga jarima qo‘llanilishi, buning ortidan otiqcha to‘lovlar ko‘payib, oila budjetiga zarar kelishishi mumkinligi haqida huquqbuzar ogohlantirilgan.

Bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan huquqbuzar 16.07.2020 yilda yetkazilgan zararni to‘liq to‘lab bergan.
Ijro hujjati esa “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi bilan amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat ijrochisining to‘g‘ri tushuntirishi natijasida huquqbuzar sud qarori ijrosini ixtiyoriy bajardi