4 745
O‘zbek telekanalida ekspert kalta paypoq kiyish besoqolbozlik belgisi ekanligini aytdi
Kadr: Telegram
«O‘zbekiston» telekanali orqali efirga uzatiladigan «Munosabat» ijtimoiy-siyosiy dasturining navbatdagi sonida ekspertlar o‘zbek jamiyatida yoshlarning kiyinishini keskin tanqid qildi.
Ekspertlar o‘zbek xalqining o‘z tarixiy merosi — milliy kiyimlari bo‘lishiga qaramay, yoshlar yirtiq jinsilarda yurganini ta’kidlab o‘tgan.
«Yoshlarimiz yirtiq-yamoq kiyimlar kiyib yuradi. Buning tarixiga nazar tashlash kerak. Yirtiq-yamoq qayerdan kelib chiqdi? Qadimda Rimda yashovchi lotin qabilasi bo‘lgan. U qabila jamiyat nafratiga uchragan. Ota-onasi la’natlaganlar alohida belgida bo‘lishi uchun yirtiq-yamoq kiyib yurishgan. Yoki Hindistondagi chandallar ham tug‘ilganidan yirtiq-yamoq kiyib yurgan», — deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Mansur Musayev.
Rimda cho‘chqani qurbonlik qiluvchi altarlar bo‘lgan. Cho‘chqa o‘zining axlatini yaxshi yeyishi uchun labini shishirishgan. Hozir qizlarimiz lablarini boteks qildirmoqda, degan u o‘z mulohazalarini bildirib.
O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev ham kiyim masalasida o‘z munosabatini bildirib o‘tgan: «Televizorda ko‘rdim. Kiyingan, ‘babochka’ taqqan. Shimi yirtiq, oyog‘ida paypog‘i yo‘q. Tufli bilan o‘tiribdi. Ertalabki ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvda», — deydi aktyor.
U, shuningdek, ko‘rsatuv payti ingliz tilida tug‘ilgan kun tabrigi aytilganiga ensasi qotganini ta’kidlagan.
Mansur Musayev Yevropada kalta paypoq va ajralib turuvchi soch turmagi noan’anaviy jinsiy oriyentatsiya vakillarining ramzi ekanligini aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi
Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin”