
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni qo‘shma hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, logistika, ko‘chmas mulk obyektlarini qurish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar