22:16 / 01.09.2020
1 983

Shu haftadan boshlab juma namozlarini masjidlarda o‘qish mumkin bo‘ladi

Shu haftadan boshlab juma namozlarini masjidlarda o‘qish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda juma namozlarini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi. Bu haqda koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarorida aytiladi.

Qarorga ko‘ra, diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Maxsus komissiya a’zosi, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning Kun.uz’ga aniqlik kiritishicha, jamoaviy ibodatlarni 2020 yil 4 sentabr, juma kunidan boshlab amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Bunda ushbu ob’ektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:
- jamoaviy ibodatni o‘tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta’minlash;
- diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi;
- sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
- har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
- bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish;
- tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;
- diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shu haftadan boshlab juma namozlarini masjidlarda o‘qish mumkin bo‘ladi