Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2 sentabr Birinchi Prezidentni xotirlash kuni sifatida nishonlanadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqida Islom Karimov boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzuni amalda ta’minlagan olamshumul voqea ekanini ta’kidlagan edi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.
Avvalroq Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi