21:23 / 04.09.2020
3 783

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda vaqtincha 6 ta fanni o‘tmay turishni tavsiya qildi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda vaqtincha 6 ta fanni o‘tmay turishni tavsiya qildi
Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yili boshidan maktablarda ayrim fanlarni vaqtinchalik o‘tilmaslikni tavsiya qildi.
"O‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida, o‘quv yili boshida vaqtinchalik o‘tilishi tavsiya etilmaydigan fanlar quyidagilar:

- jismoniy tarbiya;
- chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik;
- musiqa madaniyati;
- tasviriy san’at va chizmachilik;
- texnologiya;
- tarbiya fanlari.
Ushbu fanlar masofaviy ta’lim shaklidagi televizion darslar orqali o‘zlashtirib boriladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur fanlardan dars berayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqi to‘liq saqlab qolinadi va ular maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga jalb etiladi" - deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq ta’limi vazirligi maktablarda vaqtincha 6 ta fanni o‘tmay turishni tavsiya qildi