18:37 / 25.09.2020
4 348

DXX o‘qishga va ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq qator korrupsion holatlarga chek qo‘ydi

DXX o‘qishga va ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq qator korrupsion holatlarga chek qo‘ydi
Korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida DXX xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirlari davomida bir qator jinoyatlar aniqlanib, ularga chek qo‘yildi.

Jumladan, Navoiy viloyatida ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatiga chek qo‘yildi. Xususan, 2016 yilga qadar viloyat ichki ishlar boshqarmasida ishlagan, iste’fodagi mayor mahalliy fuqaroni ichki ishlar tizimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 6000 AQSH dollari so‘rab, shundan 4000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pulni sobiq ichki ishlar xodimi, 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan qarindoshiga berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng tezkor tadbir Toshkent shahrida davom ettirilib, ushbu fuqaro ham 4000 dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Angren shahrida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan, hozirda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqaro go‘yoki Milliy gvardiya tizimida ishlovchi tanishlari orqali 4 nafar mahalliy yoshlarni ishga kiritib qo‘yishini aytib, ularning har biridan 1500 AQSH dollari talab qiladi.

Ushbu firibgar kimsa 1971 yilda tug‘ilgan, Nurafshon shahrida istiqomat qiluvchi, hozirda hech qayerda ishlamaydigan jinoiy sherigi bilan birga so‘ralgan 6000 AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Qarshi shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro savdo do‘koni qurish uchun 4 sotix yer ajratish to‘g‘risida tanishlari orqali Qarshi shahar hokimining qarorini chiqartirib berishini aytib, yakka tartibdagi tadbirkordan 4500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Buxoro viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1979 yil Jondor tumanida tug‘ilgan, 2017 yilgacha Buxoro davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan fuqaro aldov yo‘li bilan abituriyentning ishonchiga kirib, uni Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi va evaziga 3500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, ayni bir paytda Buxoro davlat universiteti va tibbiyot kollejida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi shaxs Buxoro bank kollejida ishlovchi o‘zining hamtovog‘i bilan oldindan til biriktirib, 3500 AQSH dollari evaziga bir abituriyentni Buxoro davlat universitetiga hamda 3000 dollar evaziga ikkinchi abituriyentni Buxoro muhandislik-texnologiyalari institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, jami 6500 AQSH dollari olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga tushdi.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, oliy ta’lim muassasalaridan birining talabasi, go‘yoki ta’lim sohasida ishlovchi tanishlari orqali mahalliy fuqaroni Samarqand davlat chet tillar institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX o‘qishga va ishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq qator korrupsion holatlarga chek qo‘ydi