Kelinini o‘pishga uringan qaynota besh kunga qamaldi

2 daqiqa o'qish3.1K
Kelinini o‘pishga uringan qaynota besh kunga qamaldi
Sirdaryo viloyatida axloqqa zid, jamiyatda qabul qilib bo‘lmaydigan holat qayd etildi. Turmush o‘rtog‘idan ajrashgan bo‘lsa-da, kelini bilan bir xonadonda yashashda davom etgan 62 yoshli erkak unga nisbatan behurmat, odobsiz va tajovuzkor harakatlar sodir etgani uchun sud oldida javob berdi.

Mazkur holat Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardobin tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sudda erkak kelinini bir necha marta quchoqlagani, o‘pgani va uni bezovta qilgani aniqlandi. Eng hayratlanarlisi — erkak bu harakatlarini tilla taqinchoqlar va’dasi bilan oqlashga urinib, kelinini moddiy sovg‘alar orqali “yozdirish”ga uringanini tan oldi.

Qaynota sudda shunday degan: u kelinini “upish uchun” unga tilla taqinchoq olib berishni va’da qilgan. Jabrlanuvchi ayol esa sudda bu voqealar bir necha marta takrorlanganini, erkakning behurmatliklari doimiy tus olganini aytdi. U qaynotasining jazolanishini, o‘zini tinch qoldirishini so‘radi.

Sud jarayonida erkak o‘zini oqlashga urinib, bu uy o‘zi va o‘g‘liga tegishli ekanini, kelini esa hali rasmiy ro‘yxatdan o‘tmaganini ta’kidladi. Ammo sud bu holatni e’tiborga olmagan holda, faqat uning harakatlarini huquqiy nuqtayi nazardan baholadi.

Erkak o‘z qilmishini tan oldi, uzr so‘radi va bunday holatlar yana takrorlanmasligini aytdi. Ammo uning qilmishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 41-1-moddasi — jinsiy zo‘ravonlik elementlarini o‘z ichiga olgan bezorilik — sifatida baholandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardobin tumani sudi tomonidan chiqarilgan hukmga ko‘ra, 62 yoshli erkak besh sutkaga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud hukmi ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar erkakning bu harakatini nafrat va g‘azab bilan qarshi oldi.

Bu kabi holatlar jamiyatda xotin-qizlarning daxlsizligi va shaxsiy hurmatini himoya qilish zaruratini yanada kuchaytirmoqda. Hatto qarindoshlik munosabatlari ham ayolni o‘z xohishiga zid harakatlardan himoya qila olmas ekan, demak, qonun butun kuchini ko‘rsatishi shart.

Mutaxassislar ta’kidlamoqda: har qanday shaxsiy munosabat, hatto oila doirasidagi muammolar ham axloqiy va huquqiy chegaralardan chiqmasligi lozim. Ayniqsa, ota-bola munosabatlari, qaynota-kelin munosabati jamiyatda maxsus odob va me’yorlar asosida tartibga solinadi. Ushbu holat bu me’yorlar qo‘pol ravishda buzilganini ko‘rsatadi.

Bunday holatlarga nisbatan jamiyatning munosabati qat’iy va keskin bo‘lishi shart. Agar har bir ayol o‘zini himoya qilsa, har bir jamiyat esa bunday xatti-harakatlarga befarq qolmasa, biz bundan ham sog‘lomroq muhitni yaratishimiz mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?