
Yevropa futbolining markazida yana bir o‘zbek yosh iste’dodi namoyon bo‘ldi. Belgiyaning “Antverpen” klubi o‘z safiga 20 yoshli yarim himoyachi Muhammadali O‘rinboyevni qo‘shib oldi. Raqamlar va tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra, uning transferi uchun 750 ming yevro to‘langan va futbolchi klub bilan 4 yillik kelishuvga ega bo‘ldi. 20 yoshli futbolchi “Antverpen” bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzdi.
Yangi jamoasida O‘rinboyev 19-raqam ostida maydonga tushadi. Bu transfer nafaqat shaxsiy karyerasida, balki O‘zbekiston futboli uchun ham tarixiy voqea sifatida qayd etildi. Chunki Muhammadali aynan Belgiya chempionatida o‘ynaydigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.
“Antverpen” rahbariyati yosh o‘zbek futbolchisining mahorat va kuchli xarakterini e’tiborga olgan. Klub uchun bu transfer yangi istiqbollar, O‘rinboyev uchun esa Yevropa arenalarida o‘z salohiyatini namoyish qilish va yangi cho‘qqilarni zabt etish imkoniyati demakdir.
Ma’lumot uchun, Muhammadali O‘rinboyev joriy mavsum “sherlar” safida 14 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. “Antverpen” Belgiyaning 5 karra chempioni hisoblanadi.
Muxlislar esa, 20 yoshli futbolchining Belgiya chempionatida qanday o‘yin ko‘rsatishini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. O‘rinboyevning Yevropa futbolidagi ilk qadamlari, uning yangi jamoadagi o‘rni va kelajakdagi muvaffaqiyatlari haqida Zamin.uz tezkor va xolis axborot berishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar