17:04 / 02.11.2020
2 399

Bir tanishim oilaviy sirlarimni qasddan tarqatmoqda. Nima qilishim kerak?

Bir tanishim oilaviy sirlarimni qasddan tarqatmoqda. Nima qilishim kerak?
AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:

— Bir tanishim oilaviy sirlarimni qasddan tarqatmoqda. Ushbu holatda nima qilishim lozim? Bu kabi harakatlar uchun javobgarlik mavjudmi?
— Shaxsning oilaviy sirini uning roziligisiz qonunga xilof ravishda tarqatgan shaxsga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yig‘ish yoki tarqatish — 8 mln 920 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu harakatlari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana shunday harakatni amalga oshirsa, Jinoyat kodeksiga muvofiq 22 mln. 300 ming so‘mgacha jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Siz bunday holatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir tanishim oilaviy sirlarimni qasddan tarqatmoqda. Nima qilishim kerak?