13:45 / 29.12.2020
2 629

O‘zbekistonda vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar oshiriladi

O‘zbekistonda vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar oshiriladi
Ayni vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaat qilmoqda. Unda davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart usullar joriy etilishini ma’lum qildi.

«Bir haqiqatni aniq tushunib olishimiz kerak – kambag‘allik masalasi kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy berish bilan o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi.

Buning uchun ta’lim, sog‘liqni saqlash, kasb-hunarga o‘qitish, ichimlik suv, energiya va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq kompleks muammolarni hal etib borish kerak.

Nima uchun biz «temir daftar»ni joriy etdik? Bundan maqsad – ehtiyojmand aholini to‘g‘ri aniqlash va shu asosda ular bilan manzilli ishlashni tashkil etish.

Kelgusi yildan to‘liq ishga tushadigan «Ijtimoiy reyestr»da «temir daftar»dagi barcha ma’lumotlar qamrab olinib, ehtiyojmand oilalarga 30 dan ziyod ijtimoiy xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatiladi.

Birinchi navbatda, kambag‘al aholining asosiy ehtiyojlarini kafolatli ta’minlashimiz lozim. Bu masalada xalqaro ekspertlar bilan chuqur tahlil asosidagi hisob-kitoblar yakuniga yetkazilmoqda.

Kelgusi yil 1 martdan boshlab, aholining minimal iste’mol xarajatlari e’lon qilinadi. Hukumat ikki oy muddatda ijtimoiy kafolatlarni bir tizimga keltirib, ularni minimal me’yorlar darajasida bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqsin...

Har bir tumanning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer maydonlari ajratiladi.

Ehtiyojmand aholi bandligini ta’minlashga Bandlikka ko‘maklashish hamda Jamoat ishlari jamg‘armalaridan 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Pandemiya sharoitida o‘z ishini yo‘qotgan aholini kambag‘allikka tushib qolishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Shuning uchun kelgusi yildan boshlab yangicha tizim joriy etiladi. Unga ko‘ra, vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar (223 ming so‘mdan 680 ming so‘mga) oshiriladi va bunda 6 ta hujjat talab etiladigan eski byurokratik tartib bekor qilinadi
», — dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar oshiriladi