O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 4 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan.
Davlat rahbarining ta’tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimida qariyb 4 yillik faoliyati davrida ikkinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor 2019 yil avgust oyi boshida qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.
Qayd etib o‘tish joizki, O‘zbekiston prezidentining ta’tilga chiqayotgani haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinmasdi. Faqatgina so‘nggi yillarda bu, xuddi rivojlangan davlatlardagi kabi, odatiy amaliyotga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi