17:50 / 05.01.2021
4 731

Xonanda Jasur Umirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi

Xonanda Jasur Umirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi
Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh.M.ning nomusiga teggani yuzasidan 2020 yilning 9 oktabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Bu bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani, ishda to‘plangan dalillar asosida xonandaga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi «a» bandi (shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda) bilan ayb e’lon qilinib, sudning 21 dekabr kunidagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgani, jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori tomonidan nazorat qilinayotgani haqida xabar berilgan edi.

Samarqand viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, jinoyat ishi tergovi yakunlanib, 5 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudiga yuborilgan.

«Tergov davomida ayblanuvchi Jasur Umirovning aybi maqbul dalillar bilan to‘liq tasdiqlanganligi bois u Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi «a» bandi (shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda) bilan, shuningdek, fuqaro A.Z. va Sh.Q.lar Jinoyat kodeksining 241-moddasi 2-qismi (jinoyatlar to‘g‘risidagi arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ko‘rib chiqish xizmat vazifalariga kiradigan mansabdor shaxsning jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirishi) va boshqa moddalari bilan ayblandi. 2021 yilning 5 yanvar kuni jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudiga yuborildi», deyiladi Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lumotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xonanda Jasur Umirovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga oshirildi