Buxoro viloyatida «Jondor» avtoturargohida avtobus yonib ketdi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
YHXBB matbuot xizmati bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 17 yanvar kuni soat 09:30 larda, Buxoro viloyati, Buxoro tumanida joylashgan «Jondor» avtoturargohining oxirgi bekatida yuz bergan. Yong‘in 1962 yilda tug‘ilgan Z.O. boshqaruvidagi 76-yo‘nalishda harakatlanuvchi Isuzu avtobusda sodir bo‘lgan.
![]()
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtobusning ayrim qismlari yong‘indan zararlangan.
![]()
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Mazkur hodisa yuzasidan Buxoro tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Qamchiq» dovonida «Mercedes-Benz» yonib ketdi (foto)

Namangandagi gaz-zapravkada navbatda turgan Damas yonib ketdi

Chilonzorda yonayotgan «Damas» ichidan haydovchi chiqarib olindi

Toshkentda 47-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus yonib ketdi

Buxoroda paxta ortilgan yuk mashinasining tirkamasi yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonda «Damas» yonib ketdi