1 679
Samarqandda shaxsiy ma’lumotni «Tik tok»da tarqatish bilan qo‘rqitgan tovlamachi qo‘lga olindi
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1989 y.t. A. IIB ga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 26 yanvar kuni telefon raqamiga noma’lum shaxs telefon orqali o‘zini samarqandlik «Fedya» deb tanishtirib, tanishi B. o‘rtasidagi shaxsiy suhbatlar, fotosuratlar va video tasvirlarni internet tarmog‘ining «Tik tok» sahifasiga tarqatish bilan qo‘rqitib, evaziga 1 million so‘m berishni talab qilib kelayotganligini bildirgan.
27 yanvar kuni Samarqand viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toyloq tumani Jumabozor qishlog‘ida yashovchi, 1998 y.t. B.F. va 1992 y.t. F.B. lar fuqaro A. ga tegishli bo‘lgan sim kartani 1 million so‘mga sotayotgan vaqtida ushlanib, hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?