09:15 / 07.02.2021
2 410

"Zudlik bilan shifokorga uchrang": COVID-19ning to‘rtta eng xavfli belgisi sanab o‘tildi

"Zudlik bilan shifokorga uchrang": COVID-19ning to‘rtta eng xavfli belgisi sanab o‘tildi
Britaniya klinikasi Medicine direct bosh farmakologi Xuseyn Abdex koronavirusning shifokor huzuriga zudlik bilan uchrashishni taqazo etadigan to‘rtta belgisini sanab o‘tdi, deb yozadi Sputnik RIA Novosti xabari asosida.

"Agar siz ko‘krak qafasingizda og‘riq, nafas olish qiyinlashishi, nutq yoki harakatda muammolar singari har qanday jiddiy muammolarni his qilsangiz, siz albatta, imkon qadar tezroq yordam uchun shifokorga murojaat qilishingiz lozim", - deb aytgan Abdex Daily Express bilan suhbatda.

U shuningdek, yo‘tal, ta’m va hid sezish qobiliyatining yo‘qolishi, yuqori harorat va madorsizlanish holatlari kuzatilgudek bo‘lsa, shu zahoti o‘z-o‘zini izolyatsiyalash zarurati haqida ham eslatib o‘tdi.

Bugungi kunda yer yuzida koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 104 milliondan oshgan, 2,3 million kishi virus qurboniga aylangan. AQSh, Hindiston va Braziliya infeksiyalanganlar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinlarda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » "Zudlik bilan shifokorga uchrang": COVID-19ning to‘rtta eng xavfli belgisi sanab o‘tildi