19:43 / 10.02.2021
1 712

DXXda buyuk mutafakkirlarimizga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

DXXda buyuk mutafakkirlarimizga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Davlat xavfsizlik xizmatida so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda uning munosib izdoshi bo‘lmish Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, navoiyshunos olim Bahodir Qobilov harbiy xizmatchilarga bu ikki ulug‘ ajdodlarimizning ijodlari haqida, ularning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar insonni komillikka yetaklashi to‘g‘risida zarur tushunchalar berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Dilnoza Kubayevalar tomonidan o‘qilgan Navoiy va Bobur g‘azallari hamda ruboilari Xizmat xodimlarining sheriyatga va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirdi.

O‘zbek milliy maqom san’ati ustalarining millatimizning faxri, g‘ururi bo‘lgan ushbu bobolarimiz g‘azallari asosida tayyorlagan konsert dasturi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Bundan tashqari, DXX harbiy xizmatchilari uchun respublikamizning yetakchi nashriyotlari tomonidan kitob yarmarkasi ham tashkil etildi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu buyuk shaxslarimiz asarlarida adolatparvarlik, vatanni sevish, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash borasida ilgari surilgan g‘oyalar har bir insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXXda buyuk mutafakkirlarimizga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi