20:08 / 16.02.2021
2 353

Notariat sohasining takomillashtirish: tahlil va takliflar

Notariat sohasining takomillashtirish: tahlil va takliflar
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy taraqqiyoti maqsadli hamda chuqur o‘ylangan islohatlarga, davlat boshqaruvida qonuniylikning to‘liq ta’minlanganligi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanganligiga bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotimizda yangi bosqichini boshlab berganini nafaqat yurtimizda, balki butun halqaro hamjamiyat keng e’tirof etmoqda. Strategiya asosida isloh etilgan sohalardan biri notariat tizimi bo‘ldi. Aholiga ko‘rsatilayotgan notarial xizmatlarning sifati va tezkorligining past darajadaligi, notarial idoralardagi navbatlar, davlat bojlari va boshqa yig‘imlar undirishning shaffof emasligi, shuningdek mavjud byurokratik to‘siqlar tahlil qilinib mamlakatimiz notariat tizimi isloh qilingan edi.

Xususan notarial harakatlardagi imzolar soxta ekanligi haqida sudlarga ko‘plab da’volar kiritilayotganligini inobatga olib, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslarning shaxsini aniqlash va notarial harakatlar bajarganligini tasdiqlashda ularning barmoq izlarini skaner qilish joriy etildi, vasiyatnomalarni va ayrim turdagi bitim, ariza va boshqa hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etish lozimligi belgilandi, notarius lavozimiga nomzodlarning stajirovka o‘tash muddatini ikki yildan bir yilga qisqartirish, shuningdek notarius lavozimiga nomzodlar uchun sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlik va nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslarga majburiy stajirovka o‘tash bo‘yicha talab bekor qilindi.

Shuningdek, yuridik shaxs notariusga ixtiyoriy murojaat etganda uning kollegial organining qarori qabul qilinganligi fakti notarial tasdiqlanadigan bo‘ldi, notariuslarni attestatsiyadan o‘tkazish va almashtirish (rotatsiya qilish) tartibi belgilandi, notarial harakatlarni amalga oshirishda elektron to‘lovlar yo‘lga qo‘yildi hamda notarial idoralariga elektron murojaat qilish tartibi belgilandi.

Mazkur chora-tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston notariat institutini takomillashtirish bo‘ldi. Lekin sohalar va ijtimoiy munosabatlar har doim rivojlanishda bo‘lganligini inobatga olib Notariat tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hisobiga yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifati va tezkorligini yanada oshirish uchun “Notarius” avtomatlashtirilgan tizimi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilish maqsadga muvofiq.

Birinchidan, dastlab fuqarolar o‘z imzolari bilan shaxslari tasdiqlangan bo‘lsa, bugungi kunda «Notarius” avtomatlashtirilgan (keyingi qatorlarda ma’lumot bazasi) tizimi yaratilgan bo‘lib, endilikda shasxlarning barmoq izlarini notarius skaneri orqali olinib mazkur tizimga kiritiladi, biroq kiritilgan barmoq izlari aynan shu fuqaroga tegishli ekanligi aniqlanmaydi, ya’ni bir-biriga o‘xshash ikki fuqaroni ham bir shaxs sifatida elektron bazaga kiritilishi mumkin. To‘g‘ri, keyinchalik sud daktiloskopiya (insonlarning barmoq izlari orqali tanib olish) ekspertizasi tayinlash yoki takroran skanerlash bilan buni bilib olish mumkin, lekin ishni sud jarayonigacha olib borish va nizolashish vaziyatning o‘z vaqtida bajarilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Fikrimizcha, bu muammoning yechimi quyidagicha bo‘lib, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarni ro‘yhatga olishning elektron tizimini notariat sohasiga tadbiq qilish bo‘lib – bunda biometrik pasportga kiritilgan fuqarolarning barmoq izlari «Notarius» ma’lumot bazasiga kiritiladi va fuqarolar skaner barmoqlarini bosishi orqali ular haqidagi ma’lumotlar “Notarius” yagona elektron tizimida kelib chiqadi.

Ikkinchidan, fuqarolarning nikoh holati bilan bog‘liq muammolardan biri – bu notarial idoraga hujjatlar taqdim qilayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning FHDYO organlarida nikohdan o‘tgan-o‘tmaganligi ko‘p hollarda yashiriladi yoki xatolik oqibatida ro‘yhatdan o‘tmaganligidir. Shu sababli, meros va vasiyatnomalar ochish, oldi-sotdi va xadya shartnomalarini tuzish, qonuniy vakillik, nikoh shartnomasini bekor qilish va boshqalar kabi notarial harakatlar rasmiylashtirilayotgan vaqt davomida fuqarolarning nikoh statusi aniqlashtilishi uchun DXM (davlat hizmatlari markazlari) tomonidan notariusga ma’lumotnoma taqdim etilishi lozim bo‘ladi.

Negaki, Oila kodeksining 23 va 24-moddlariga ko‘ra, nikoh davri mobaynida birgalikdagi sotib olingan ko‘char va ko‘chmas mulklarga nisbatan er-xotinning 50/50 nisbatda egalik huquqi mavjud bo‘lib, mol-mulk sotilayotganda, xadya qilinayotganda, mulkni boshqarish va tasarruf etish uchun bosh ishonchnoma berilayotganda va boshqa notarial harakatlarda mulk egasining turmush o‘rtog‘ining rozilik arizasi kerak bo‘ladi. Ushbu rozilik arizasi olinmasdan turib, mulkni tasarruf etishga yo‘l qo‘yilmaydi yoki fuqaroning o‘z mulkini nikohga qadar qo‘lga kiritganligi, xadya tariqasida boshqa shaxsdan qabul qilib olganligi, meros sifatida unga qoldirilganligi yoki sotib olganligi to‘g‘risida notariusga ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.

Notarial idoraga murojaat qilgan fuqarolarni ortiqcha ovoragarchilik va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘lida samarali vositalarni qo‘llagan holda, fikrimizcha, ushbu muammoning yechimini fuqarolarning nikoh holatlari haqida ma’lumotlarni «Notarius» ma’lumot tizimiga kiritish bilan – Notarial idora hodimlari tomonidan ushbu ma’lumotlarni bevosita ma’lumot tizimi orqali olish yo‘li bilan hal qilish mumkin deb hisoblaymiz. Negaki, 2020 yil 1-apreldan FHDYO organlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tarkibidagi DXM tizimiga kiritilishi munosabati bilan ularning bazasi agentlik tasarrufiga olindi. Agar fuqarolarning nikoh statuslari elektron shaklda bir tizimga kiritilib, yagona baza sifatida shakllantirilsa, ortiqcha muammolarning oldi olingan bo‘lar edi.

Uchinchidan, bosh ishonchnoma orqali harakat qilayotgan vakil ko‘char yoki ko‘chmas mulkni ishonch bildiruvchining ishtirokisiz oldi-sotdi shartnomalarini tuzishi mumkin. Bunda, ishonchnoma bildiruvning turmush o‘rtog‘i tomonidan berilgan rozilik arizasi va ishonchnoma blankalari kerak bo‘ladi. Biroq, ishonchnoma bergan shaxs, ya’ni mulkning egasi vafot etgan, bedarak yo‘qolgan yoki muomilaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa va uning vakili bundan o‘z vaqtida tegishli ravishda habardor qilinmagan bo‘lsa, u tomonidan berilgan ishonchnoma o‘z kuchini yo‘qotadi, demakki, vakil tomonidan tuzilgan shartnomalar ham bekor bo‘ladi. Buning sababi shundaki, yuqoridagi uch holatda shaxsga nisbatan uning merosxo‘rlari, xomiylari, vasiylari va yaqin qarindoshlarining mulkka tasarruf qilish huquqi qonun bilan ta’minlanadi.

Bunday vaziyatda nizo kelib chiqmasligini oldini olish uchun, fikrimizcha, shaxslarning vafot etganligi, bedarak yo‘qolganligi yoki muomilaga layoqatsiz deb topilganligini tasdiqlovchi vakolatli organlar (masalan sud, iib va fhdyo) tomonidan ularga tegishli hujjatlarining o‘z kuchini yo‘qotgan va bedarak yo‘qolgan deb topilishi hamda, asosiysi, ularning mol-mulklari qonuniy tartibda tegishli shaxslarga topshirilib bu to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘zlarining bazalariga kiritishlari kerak. Ushbu holatga huquqiy yechim quyidagicha bo‘lib, ya’ni agar “Notarius” ma’lumot tizimi ushbu ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lansa va axborot almashinivu o‘z vaqtida olib borilsa, yuqorida keltirilgan muammolarning yuzaga kelmasligining oldi olingan bo‘lar edi.

Albatta, bu ko‘p vaqt va harakatni talab qiladi, biroq mavjud bu kabi muammolarlarga nisbatan bunday yechimning qo‘llanashi rivojlangan davlatlar tomonidan allaqachon yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘z samarasini bermoqda. Misol tariqasida Germaniya Federativ Respublikasini keltiradigan bo‘lsak, ushbu davlat federal ko‘rinishda boshqarilsa-da, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, fuqarolarga huquqiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Xususan, notariuslar o‘zlarning yurisdiksion vakolatlari doirasida ish ko‘rishi va fuqarolarga huquqiy yordam berishlari mumkin. GFRda notariuslarning quyidagi turga tizimlashtirilgan bo‘lib, ular:
“Single profession notaries” – yagona tizimda, ya’ni faqatgina notarial harakatlarni amalga oshiradigan notariuslar. Federal adliya vazirliklari tomonidan tayinlanadi. Bunday faoliyat bilan asosan Bavariya va Gamburg shaharlarida shug‘ullanish mumkin;
“Advocate-notaries” – GFRda eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, bu kabi notariuslar birinchi navbatda advokat hisoblanib, ikkinchi kasb sifatida notarial harakatlarni rasmiylashtiradi. Berlin, Bremen, Xessen va boshqa shaharlarda bunday notariuslar faoliyat yuritishadi;
“State-employed notaries” – Davlat notarial idoralari notariuslari hisoblanib, notarial huquq tizimiga kirmaydi va 2018 yildan boshlab ularni mustaqil notarial harakatlarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. (O‘zbekiston Respublikasi adliya tizimidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar kabi)

O‘zbekiston va Germaniyaning notarial tizimi bir-biriga o‘xshash bo‘lib, mamlakatimizda Germaniya tajribasini qo‘llash orqali bugungi kunda ko‘plab yutuqlarga erishilmoqda, buning sababi shundaki, har ikkala davlat roman-german huquq oilasiga mansubdir. Demak, birining huquqiy islohotlarini ikkinchida qo‘llash ko‘plab muammolarni keltirib chiqarmasligi mumkin.

Bundan tashqari, Yevropa va Osiyoning ko‘plab davlatlarining notariat institutini o‘rganishimiz va tadbiq qilishimiz mumkin, ularning har birida o‘ziga xos huquqiy xizmat ko‘rsatishning samarali yo‘llari allaqachon amaliyotga joriy etilgan. Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning davlat organlarida to‘laqonli manfaatlari himoyalanishi hamda ularga muammolarini hal qilishda ko‘maklashmoqda.

Ana shunday keng miqyosdagi o‘rganish va har tomonlama izlanishlar natijasida, biz bugungi kunda mamlakatimiz huquq tizimida keng miqyosda islohotlarning guvohi va o‘z navbatida ishtirokchisiga aylanmoqdamiz. Negaki, har bir xatti-harakatimiz negizida fuqaroviy munosabatlar yotadi va ular tegishli normalar bilan tartibga solinadi. Ushbu ilmiy tadqiqot ishi orqali biz tomonimizdan ilgari surilgan yuqoridagi takliflarlarni amaliyotga tadbiq qilish orqali, quyidagi natijalarga erishish mumkin, ya’ni:
•Notariat tizimini optimallashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
•Idoralararo bog‘liqlikni muvofiqlashtirish;
•Fuqarolarning shaxsi buyicha ma’lumot olishni tizimlashtirish va soddalashtirish;
•Davlat organlar faoliyatida shaffoflik va qonuniylikni ta’minlash;

Bu boradagi eng dolzarb vazifamiz – yuqorida zikr etilgan barcha jarayonlarning ilmiy – nazariy asoslarini, ularning yangi qirralarini ochib berishdan iborat bo‘lib, ilmiy tadqiqot olib borish yo‘lida sohadagi mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratilgan.

Notariatning faol modeliga o‘tish uning nizolarni oldini oluvchi institut sifatida yanada rivojlanishiga, huquqiy xizmat ko‘rsatishga to‘siq bo‘layotgan byurokratik omillarni bartaraf etishga, Notarial palataning notariat institutini himoya qilish sohasidagi rolini oshirishga xizmat qiladi.

Azamat Xo‘janazarov,
TDYUU talabasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Notariat sohasining takomillashtirish: tahlil va takliflar