Foto: IIV
2021 yil 15 fevral kuni fuqaro S. Samarqand viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, Pastdarg‘om tumani hududidagi Samarqand viloyat Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasiga qarashli, ijarada ishlatib kelayotgan 1 gektarli yer maydonida ekilgan 158 tup «tol» daraxtini kallaklash uchun ruxsatnoma berish evaziga, o‘zini Pastdarg‘om tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan shaxs undan 4 million so‘m pul talab qilib kelayotganligini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur arizaga asosan 2021 yil 15 fevral kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Pastdarg‘om tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini tuman Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i deb tanishtirgan Pastdarg‘om tumani ekologiya xodimi A.X. ariza muallifidan 4 million so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda