14:00 / 19.02.2021
3 668

"Bosh vazir bo‘lganimda, yonimda olib yurardim, sinovdan o‘tgan" - Prezident

"Bosh vazir bo‘lganimda, yonimda olib yurardim, sinovdan o‘tgan" - Prezident
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari Shavkat Abdurazzoqovni viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Tavsiya etilgan nomzod viloyat kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

Prezident Namangan viloyati hokimi lavozimiga nomzodi tasdiqlangan Shavkat Abdurazzoqov haqida fikr bildirarkan, xususan, shunday dedi: «Namanganni tushunadigan, uzoq-uzoq hududlardagi ahvol qanday ekanligini biladigan odamni qo‘yishimiz kerak. Bilasizmi, har bitta viloyatda shunday rahbarni 5 yil oldindan tayyorlashni boshlashga majbur bo‘lganman. Abdurazzoqov Namangan tumani va shahrida hokim bo‘lib ishlagan, uni Toshkentga olib ketganman, ko‘z oldimda tajriba orttirdi. Bosh vazir bo‘lganimda, yonimda olib yurardim, sinovdan o‘tgan. Viloyat hokimi lavozimiga Abdurazzoqovdan boshqa munosib nomzod yo‘q».

Ma’lumot uchun, Shavkat Abdurazzoqov Shokirjonovich 1976 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1998 yilda Namangan sanoat-texnologiya instituti, 2006 yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 2001—2015 yillarda Namangan viloyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2015—2017 yillarda Namangan tumani hokimi, 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, 2017—2020 yillarda Namangan shahri hokimi lavozimida mehnat qilgan. 2020 yilning mart—sentabr oyida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi vazifasida ishlagan. 2020 yilning sentabr oyida Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Bosh vazir bo‘lganimda, yonimda olib yurardim, sinovdan o‘tgan" - Prezident