Foto: «Daryo» / Madina Nurman
O‘zbekiston Prezidenti Namanganda bo‘lib o‘tgan va olti soat davom etgan xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga shunday ta’rif berdi. Bu haqda «Daryo» ma’lum qildi.
«Nega shuncha vaqt sarflab sizlarni ham, o‘zimni ham qiynayapman? Bu majlis emas, master-klass. Respublikada ishlar ko‘p, Namanganda esa haddan ziyod ko‘p. Pul bermaydigan vazirlar ham bu yerga yuborganimdan keyin ‘Rejalaganimizdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ ajratishimiz kerak ekan’ deyishdi», — dedi Prezident.
Davlat rahbariga ko‘ra, mamlakatda 27 yil davomida kuz-qishga tayyorgarlik bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Shuning uchun ham bugungi vaziyat yuzaga kelgan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p chiqishlar bo‘ldi. 3-4 yilda bu sohada birdaniga o‘zgarish qilish qiyin. Suv, gaz, yo‘l bilan prezident shug‘ullanishi g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin, lekin muammolarni hal etishni yillab cho‘zib o‘tirolmaymiz. Bugun yoki hech qachon», — dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi