18:48 / 25.02.2021
1 762

O‘zbekistonda gaz zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi

O‘zbekistonda gaz zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi
«Hududgazta’minot» AJ O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli gaz zapravkalarining ish vaqti cheklanganini ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 24—27 fevral kunlari O‘zbekistonga sovuq havo oqimining kirib kelishi natijasida respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo‘lishi sababli tabiiy gaz iste’moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.

Ushbu munosabat bilan «Hududgazta’minot» tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz ravishda ta’minlashga qaratilishini inobatga olib, gaz yetkazib berishda ayrim cheklovlar kiritilganini ma’lum qildi.

«Yuqoridagilardan kelib chiqib, «Hududgazta’minot» AJ barcha avtotransport haydovchilardan o‘z avtoulovlariga gaz to‘ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan kechki 15:00 vaqt oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so‘raydi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ham O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli barcha gaz zapravkalari ish vaqtiga cheklov o‘rnatilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda gaz zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi