O‘zbekistonda ipoteka krediti bo‘yicha bir qator imtiyozlar beriladi. Bu haqda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev selektor yig‘ilishi davomida ta’kidlab o‘tdi. «Xabar.uz»ning ma’lum qilishicha, joriy yilda ipoteka krediti bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi.
Shaharlarda dastlabki badal miqdori 20 foizdan 15 foizga tushiriladi.
Past daromadli, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to‘lab beriladi. Ya’ni, aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos.
Kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.
Misol uchun, qishloqlarda 54 kvadrat metrli kvartira (o‘rtacha 216 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan oila 33 million so‘mlik dastlabki badalning faqat 11 million so‘mini to‘laydi, 22 million so‘mini esa davlat beradi.
Bu oila imtiyozli davrda oyiga 1 million 500 ming so‘m kredit to‘lasa, qolgan 1 million 100 ming so‘mini har oy davlat qoplab beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi