14:28 / 22.03.2021
4 328

IIB yarimyalang‘och holda sumalak pishirgan ayol-qizlarga bog‘liq holatni o‘rganishni boshladi

IIB yarimyalang‘och holda sumalak pishirgan ayol-qizlarga bog‘liq holatni o‘rganishni boshladi
Xorazm viloyati Urganch shahar IIO FMB ijtimoiy tarmoqlarda yarimyalang‘och holda sumalak pishirayotgan ayol-qizlar tasvirlangan videoga oid holatni o‘rganishni boshladi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

21 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi «Sahara» kafesi oldida shu kafeda ishlovchi bir guruh xotin-qizlar yarimyalang‘och kiyingan holda sumalak pishirayotganliklari aks etgan video tarqaldi.

Kadr: Telegram
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilingan ushbu videolavhada aks etgan holat yuzasidan hozirgi kunda Urganch shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, surishtiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIB yarimyalang‘och holda sumalak pishirgan ayol-qizlarga bog‘liq holatni o‘rganishni boshladi