22:11 / 27.03.2021
3 245

Navoiylik ayol o‘zining va qizlarining joniga nima sababdan qasd qilgani aniqlandi

Navoiylik ayol o‘zining va qizlarining joniga nima sababdan qasd qilgani aniqlandi
Navoiyda 2021 yilning 21 mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan viloyatning Navbahor tumanidagi «Sovungar» MFYda yashovchi 31 yoshli ayol 2013, 2016 hamda 2018 yilda tug‘ilgan qiz farzandlarini mazkur shahardagi dam olish maskaniga olib borgan va ular bilan sayr qilgan. Biroq dam olishdan qaytayotgan ayol kutilmagan qarorga kelgan. O‘zi va uch nafar farzandini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qilgan.

Ma’lum qilinishicha, voqea oqibatida ayol halok bo‘lgan qizlari esa omon qolgan. Oliy Majlis Senati matbuot xizmatining xabar berishicha, bu voqeaga ayolning eri uni doimiy tarzda o‘g‘il tug‘maganlikda ayblab, haqorat qilib kelgani sabab bo‘lgan.

Yaqin qarindoshlari bilan suhbat chog‘ida eri bilan ziddiyatlar tufayli ayolning ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.

Eri uni «sen o‘g‘il tug‘mayapsan» degan so‘zlar bilan doimiy tarzda bosim o‘tkazgan. Ayol boshqa oila a’zolari va o‘zgalar bilan janjallashmagan, ruhan sog‘lom deb hisoblangan. Shuningdek, uning yaqin qarindoshlariga ham undagi ruhiy kasallik alomatlari sezilmagan.

Ta’kidlanishicha, 2021 yil yanvar oyida ayol homilador bo‘lib, shifokor bilan maslahatlashgan. Tibbiy tekshiruvdan o‘tgach, u yana qiz kutayotganidan xabardor bo‘lgan. Natijada ayol o‘z ixtiyori bilan bolani oldirgan (abort qildirgan).

Bundan tashqari, u hech qachon mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari yoki profilaktika inspektoriga oiladagi kelishmovchiliklar to‘g‘risida murojaat qilmagani aniqlangan.

Hozirda ushbu fakt bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Ushbu ish Senatning Ayollar va gender tengligi bo‘yicha qo‘mitasi nazorati ostiga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiylik ayol o‘zining va qizlarining joniga nima sababdan qasd qilgani aniqlandi