00:29 / 29.03.2021
1 921

Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi va Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi va Cobalt xandaqqa tushib ketdi
Foto: FVV matbuot xizmati
Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan 227-kilometrida 40 daqiqa oralig‘ida ikkita YTH yuz berdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Birinchi holatda, MAN yuk mashinasining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi tufayli yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketgan. FVVning Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruv guruhi zudlik bilan yordamga yetib kelgan. Maxsus asbob-uskunalar yordamida yuk mashinasi xandaqdan chiqarib olingan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Taxminan 40 daqiqadan so‘ng ikkinchi yo‘l-transport hodisasi deyarli aynan shu yo‘nalish qismida sodir bo‘ldi. Cobalt haydovchisi transport vositasini quvib o‘tayotgan vaqtda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzgan.

Oqibatda ikkala transport vositasi ham xandaqqa tushib ketgan. Bir necha daqiqa ichida FVV qutqaruvchilari baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etgan. Har ikkala holatda ham haydovchilar va yo‘lovchilarga jarohat yetmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi va Cobalt xandaqqa tushib ketdi