19:45 / 30.03.2021
1 776

Yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlar fosh bo‘ldi

Yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlar fosh bo‘ldi
Turli nayranglarni qo‘llagan holda yurtimizga tovar moddiy boyliklarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti hamda Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi, “Toshkent-tovar” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi korxona nomiga keltirilgan xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, tovarlarga tegishli yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, taxminiy qiymati 193,6 mln. so‘mlik yong‘in xavfsizligi anjomlari hamda plastik quvurlar uchun maxsus dazmollar borligi aniqlandi. Xozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlar fosh bo‘ldi