08:08 / 02.04.2021
1 356

Madaniy boyliklarni olib chiqishga bo‘lgan urinish naf bermadi

Madaniy boyliklarni olib chiqishga bo‘lgan urinish naf bermadi
Madaniy boyliklarni yurtimizdan turli nayranglarni qo‘llagan holda olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga uchib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro S.Z.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqilishi taqiqlangan jami 11 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur tangalar ekspertiza xulosasini olish uchun tegishli idoralarga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Madaniy boyliklarni olib chiqishga bo‘lgan urinish naf bermadi