12:53 / 10.04.2021
3 119

IIV Termizda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs ishini «tinchitib» yuborgan IIB faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda

IIV Termizda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs ishini «tinchitib» yuborgan IIB faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda
Senatning Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi a’zosi Farhod Boqiyev termizlik erkak maktab o‘quvchisini ikki marta zo‘rlagani hamda huquqni muhofaza qilish idoralari bu ishni «tinchitib» yuborganini ma’lum qilgandi. Tergov departamenti mazkur holatga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz shahrida yashovchi fuqaro R.S. Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 17 yoshli S.Ch. ismli qizini oldindan tanishi bo‘lgan 27 yoshli B.E. ismli yigit 2020 yilning yanvar oyida Termiz shahrida joylashgan restoranning qorovulxonasida zo‘rlab, nomusiga tekkanini aytib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizaning 2020 yil 18 mart kungi xulosasida fuqaro S.Ch.ning badanida tan jarohatlari va ularning izlari aniqlanmagani, qizda genikologik organlarning anatomik butunligi buzilgani, lekin hodisa ancha oldin bo‘lgani sabab buzilish muddatini aniqlashning imkoniyati yo‘qligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, S.Ch.dan olingan kiyimlar bo‘yicha nisbatan sud-biologik va sud-kriminalistik ekspertizalar tayinlanib, protsess ishtirokchilari tomonidan taqdim qilingan barcha ashyoviy dalil tariqasida baholanishi mumkin bo‘lgan narsalar olinib, tergovga qadar tekshiruv materiallariga qo‘shilgan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida bir qator tergov harakatlari amalga oshirilib, ishga aloqador fuqarolardan tushuntirish xatlari olingan. Bundan tashqari, mazkur holat doirasida sud-psixologiya hamda sud-psixiatriya ekspertizalari tayinlanib, xulosalari ish materiallariga qo‘shilgan.

Holat yuzasidan 2021 yil 16 mart kuni fuqaro B.E.ning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmagani asosi bilan Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. Termiz shahar prokuraturasi tomonidan 5 aprel kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish qarori bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish uchun Termiz shahri bo‘yicha IIO FMBga yuborilgan va yurituvga olingan.

Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti ko‘rsatmasiga binoan mas’ul xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruv tayinlangan.

Hozirda Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan 6 aprelda sudga oid qayta komission tibbiy ekspertiza tayinlanib, to‘plangan hujjatlar Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga yuborilgan.

«Ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va uning yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qilinishi ta’minlanadi», — deyiladi xabarda.

Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Oliy Majlisi Senati a’zosi Farhod Boqiyev tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahri ichki ishlar bo‘limi faoliyati va xodimlarning xizmat mavqeyini suiiste’mol qilayotganliklari to‘g‘risida bildirgan salbiy bayonotidagi faktlarni o‘rganish bo‘yicha vazirlikning ishchi guruhi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Ta’kidlanishicha, o‘rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka to‘liq axborot beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV Termizda maktab o‘quvchisini zo‘rlagan shaxs ishini «tinchitib» yuborgan IIB faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazmoqda