22:57 / 12.04.2021
2 135

Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har oqshomda qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi

Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har oqshomda qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi
Toshkent shahrida tarovih namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida (13 apreldan 12 mayga qadar) — soat 18:00 dan 23:00 gacha masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopilishi haqida xabar berilgan edi. «Toshshahartransxizmat» bu vaqt davomida avtobuslar yo‘nalishi ham o‘zgarishini ma’lum qildi.

Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi Beshqayrag‘och ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 8T, 27, 35, 46, 53, 73, 141, 146-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati
Lutfiy ko‘chasi Katta Qa’ni ko‘chasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishgan yo‘lgacha transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 13 va 56-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati
Keles yo‘li ko‘chasi Noraztepa ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 118 va 120-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati
Al-Xorazmiy ko‘chasi Katta Qa’ni ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Ushbu manzil orqali harakatlanuvchi 17T-sonli avtobus yo‘nalishi suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettiradi.

Foto: «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har oqshomda qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi