18:30 / 24.04.2021
1 582

Tadbirkor foydasiga 334,3 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi


Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 04.01.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor "O'ZTEMIRYO'LQURILISHMONTAJ"dan undiruvchi "TEXNIK DIZEL SERVIS" MCHJ foydasiga 334 mln. 333 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 18.01.2021 yilda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro hujjati qo‘zg‘atilib, qarori qarzdorga ijro qilishlik uchun yuborilgan.

Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni qoplamaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishilgan. Ijro harakatlari davomida “Mib Portal” portal elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborildi, olingan javoblarga ko‘ra qarzdorga tegshili bo‘lgan mol-mulklarga band solingan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamlariga inkasso qo‘yilib, qarzdorning hisob raqamidan 334 333 ming so‘m qarz summasi undirilib, ijro ish yurituvi amalda tamomladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga 334,3 mln. so‘m qarzdorlik undirib berildi