23:23 / 26.04.2021
2 632

Samarqandda ayolning nojo‘ya suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1,5 mln so‘m talab qilgan erkak ushlandi


Samarqand viloyati Narpay tumanida 28 yoshli ayolning suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgan shaxs ushlandi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 23 aprel kuni soat 13:00 da 30 yoshli Q.O. Narpay tumani «Amir Temur» mahallasidan oqib o‘tuvchi Qoziariq kanalining yonida tanishi 28 yoshli R.F. ismli ayolning nojo‘ya ko‘rinishdagi suratlarini tarqatish bilan tahdid qilib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormasligi evaziga 1 500 000 so‘m pul talab qilgan.

Ushbu shaxs pullardan 1 000 000 so‘mni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida Narpay tumani IIB JQB xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, undan kimyoviy ishlov berilgan 1 000 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Q.O. 2021 yil aprel oyining boshlarida R.F.ning nojo‘ya ko‘rinishidagi rasmlarini telefonidan o‘chirib tashlash evaziga 300 000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Q.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» (takroran sodir etilgan tovlamachilik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ayolning nojo‘ya suratlarini tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 1,5 mln so‘m talab qilgan erkak ushlandi