14:00 / 31.05.2021
2 879

To‘yona uchun ishdan bo‘shatilgan IIV xodimi oqlandi


Prezident Xalq qabulxonalari Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Qiziltepa, Navbahor va Karmana tumanlarida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullar tashkil etildi.

2003-2012 yillarda ichki ishlar tizimida ishlagan safdor Jamshid Muhammadiyev tuman ichki ishlar bo‘limi haydovchisi bo‘lgan. Aytilishicha, 2012 yili boshlig‘i to‘y qilayotganda do‘kondor do‘sti qanchadir guruch va yog‘ to‘yona qilgan. Bu to‘yonani esa u do‘kondan to‘yxonaga eltib bergan.

Keyinchalik o‘sha to‘yona ham pora deb topilib, Jamshid Muhammadiyev jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 2013 yil 2 martdagi hukmiga ko‘ra, pora olish-berishda vositachilik qilishda ayblanib, unga 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Kamiga o‘rta ma’lumotli shu oddiy safdor-u haydovchi 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan ham mahrum qilingan.

Jamshid Muhammadiyev Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qildi, ommaviy qabulga kelib Oliy sud va Ichki ishlar vazirligi mutasaddilariga murojaat qildi.

Murojaatlaridan so‘ng jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi kassatsiya instansiyasi sudlov hay’atining 2020 yil 12 maydagi ajrimiga ko‘ra u oqlandi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudi 2020 yil 18 noyabrda uni ishga tiklash bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qildi. Mana, bugungi ommaviy qabulda safdor Jamshid Muhammadiyev Navoiy shahridagi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga haydovchi sifatida ishga qabul qilindi. Oradagi 8 yillik uzilish ham xizmat muddatiga qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » To‘yona uchun ishdan bo‘shatilgan IIV xodimi oqlandi