12:04 / 11.07.2021
2 115

Buxoroda 600 dollar evaziga soxta hujjat tayyorlab bergan kadastr xodimi qo‘lga olindi


Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 600 dollar evaziga uy-joyga bo‘lgan egalik huquqini beruvchi soxta hujjat tayyorlab bergan kadastr bo‘limi xodimi qo‘lga olindi. Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shofirkon tuman bo‘limi xodimlari hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fosh etildi, deya xabar berdi «Daryo».

Ta’kidlanishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligidagi tezkor tadbirda xizmat mavqeyidan foydalangan Davlat kadastrlari palatasi Shofirkon tumani filiali kadastr muhandisi S.J.ning qilmishi fosh etildi. Xodim tuman qurilish bo‘limining mansabdor shaxslariga pora berish orqali fuqaro R.B.ning Shofirkon tumani «Sultonobod» mahallasidagi uy-joyini turmush o‘rtog‘i nomiga «yakka tartibda uy-joy qurilishi tugallangan binosini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi»ni tayyorlab berishini va’da qilgan. Buning evaziga undan 600 dollar talab qilgan.

S.J.ning xatti-harakatidan shubhalangan R.B. bu haqda huquq-tartibot idoralariga ma’lum qilgan. Xodim fuqarodan 600 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qayd etish lozim, ushbu modda bilan ayblangan shaxsning aybi isbotlansa, u bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda 600 dollar evaziga soxta hujjat tayyorlab bergan kadastr xodimi qo‘lga olindi