2 553
Shavkat Mirziyoyev: «Svet bo‘yicha, ayniqsa, gaz bo‘yicha odamlar bizdan juda norozi» (video)
Yig‘ilishda yilning 1-yarmida tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha erishilgan natijalar tanqidiy muhokama qilindi.
«Gaz, neft sohasidagi islohotlar bo‘yicha ko‘p qarorlar, farmonlar qabul qildik, yangi rahbarlar qo‘ydik, transformatsiya bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydik. Neft va gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha aniq-aniq vazifalar nimalardan iborat?
Juda katta izlanishlar hozirgi talab nuqtayi nazaridan o‘zining natijasini bermayapti. Joriy yilning o‘zida 917 mln kub gaz import qildik. Bu juda katta raqam, ikkinchidan, import qilganda o‘zimiz pul to‘layapmiz, valyutaga olib kelyapmiz. Bu kelajakda nima bo‘ladi?
Uch yilda bergan [neft-gaz sohasiga] 1 mlrd 400 mln dollar pulimiz o‘z natijasini bermayapti, desak, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Svet bo‘yicha, ayniqsa, gaz bo‘yicha odamlar bizdan juda norozi. Iqtisodiy manfaatdor nuqtayi nazaridan o‘zi imkoniyatlarimiz qanday? Bu imkoniyatlardan qanday foydalanamiz? Nima natija beradi?» - dedi prezident.
Prezident soha mutasaddilariga iste’molchilar manfaatlarini yuqori qo‘yish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga tabiiy gaz, suyultirilgan gaz hamda neft mahsulotlarini zarur miqdorda yetkazib berish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi