09:07 / 05.09.2021
2 747

O‘zbekiston ARMI-2021da kuchli uchlikka kirdi

O‘zbekiston ARMI-2021da kuchli uchlikka kirdi
O‘zbekiston ARMI-2021da kuchli uchlikdan joy oldi. 34 musobaqadan 30tasining yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston jamoaviy bahsda ikkinchi o‘rinni egalladi. Rossiya yetakchilik qilmoqda, uchinchi o‘rinda esa Xitoy. O‘zbekiston harbiylari 4ta musobaqada birinchi bo‘ldi.

Xususan, harbiylarimiz ayollar va erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan «Sodiq do‘st», «Harbiy tibbiy estafeta» va «Dala oshxonasi» musobaqalarida oltin olishdi. Umid qilamizki, qolgan 4 ta ARMI-2021 musobaqasi ham O‘zbekiston harbiylari uchun samarali bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, yettinchi Xalqaro armiya o‘yinlari 22 avgustdan 4 sentabrgacha bir vaqtning o‘zida 11 mamlakatning 23 ta poligonida bo‘lib o‘tmoqda. Hammasi bo‘lib, ARMI-2021da 42 mamlakatdan 5 mingdan ziyod harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston ARMI-2021da kuchli uchlikka kirdi