20:20 / 10.09.2021
3 501

Toshkent shahri va viloyatida «Ayollar qanoti» a’zolari aniqlandi

Toshkent shahri va viloyatida «Ayollar qanoti» a’zolari aniqlandi
Foto: IIV
2021 yilning 10 sentabr kuni, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159 va 2442-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari doirasida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, hozirda qidiruvda bo‘lgan «Hizb-ut Tahrir» diniy ekstremistik tashkiloti a’zolari – 1970 y.t. L.Umarova va 1974 y.t. M.Saydaminovalar bilan internet tarmog‘i va turli ijtimoiy messenjerlar orqali aloqa qilib, ularning ko‘rsatmalari asosida aholi orasida tashkilot g‘oyalarini targ‘ib qilish va tashkilot safini kengaytirish bilan shug‘ullanib kelgan Toshkent shahrining Shayxontohur, Uchtepa, Olmazor, Sirg‘ali va Yakkasaroy tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent va Qibray tumanlarida yashovchi 29 nafar «Hizb-ut Tahrir» ekstremistik tashkilotining «Ayollar qanoti» jamoasi a’zolarini aniqlangan.

Mazkur ayollarning yashash manzillarida va uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Hozirda ushbu ayollarning noqonuniy xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va ularni javobgarlikka tortish maqsadida tergov-surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi fuqarolarni ogohlantirgan.

«Hizb-ut Tahrir» ekstremistik tashkiloti safida faoliyat qilish, g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, materiallarini tayyorlash, saqlash hamda tarqatish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi, deyiladi ogohlantirishda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahri va viloyatida «Ayollar qanoti» a’zolari aniqlandi